So‘nggi paytda bank kartalari va hisob raqamlari bilan sodir bo‘layotgan firibgarliklar soni ahamiyatli darajada oshib bormoqda. Biz sizga maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, firibgarlarning hiylalariga tushib qolishingiz ehtimolligi bor-yo‘qligini bilib olishni taklif qilamiz
O‘yinni boshlashLoading ... 100%
Sizga to‘lov tizimining xavfsizlik xizmatidan qo‘ng‘iroq qilishdi va sizning akkauntingizda shubhali holat sodir bo‘lib, buning natijasida bank kartani bloklab qo‘yganini xabar qilishdi. Kartani blokdan yechish uchun avtorizatsiyadan o‘tish – ya’ni xavfsizlik xizmati xodimiga SMS-xabardagi kodni aytish kerak va kartangiz blokdan yechiladi
Kodni aytish Rad javobini berishClick the button to continue...
Aslida kodlardan akkauntga kirish va noqonuniy amaliyotlarni amalga oshirish uchun foydalanishadi. Quyidagi ma’lumotlarni hech kimga aytmang, hamda yozishmalarda va ishonchingiz komil bo‘lmagan saytlarda ko‘rsatmang:
Click the button to continue...
Ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov servisi pul mukofoti hisoblanadigan yutuqli o‘yin o‘tkazayotgani haqida reklamani ko‘rdingiz, lekin ushbu mukofotni olish uchun sizdan havola orqali o‘tishni va kartaning to‘liq ma’lumotlari: karta raqami, amal qilish muddatini yozgan holda so‘rovnoma to‘ldirishni so‘rashmoqda
So‘rovnomani to‘ldirish Reklamani yopishClick the button to continue...
Bunday aslo qilmaslk kerak, sababi firibgarlar akkauntingizga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi va parolingizni bekor qiladi, undan so’ng SMS-xabardan kodni so‘rab, akkauntingizga kiradi va barcha mablag‘laringizni yechib oladi. Esingizda bo‘lsin, anonslar, mahsulotlar/servislardagi o‘zgarishlar, hamda boshqa yangiliklar haqida brendning rasmiy sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi
Next taskClick the button to continue...
Sizga messenjerga https://checkout.paycom.uz/634fa06f99a9k8c69o146ddp havola bilan mablag‘larni o‘tkazish iltimosi yozilgan xabar keldi.
Uning ichidagi kontekst oynada quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan:
-Oluvchining karta raqami: 860048******8910
-Oluvchi: KAMRONOV KAMRON
-Xizmat qiymati: 1000.0
-To‘lov summasi: 101000.00 so‘m
Click the button to continue...
Havotirga o‘rin yo‘q! Bu fishing havolasi emas, Payme dan pul o‘tkazish haqidagi so‘rov yuborilgan havola aynan shunday ko‘rinishga ega. Biroq, esingizda bo‘lsin, havola orqali o‘tib, to‘lov qilganingizda – hisobingizdan pul yechiladi. Doimo domenni diqqat bilan tekshiring va haqiqiyligiga ishonch hosil qiling. Tekshirilmagan havolalar orqali o‘tmang, ular fishing bo‘lishi mumkin.
Next taskClick the button to continue...
Siz bironta mulkingizning sotilishi haqidagi e’lonni joylashtirdingiz va siz bilan bir inson bog‘lanib, e’lon bo‘yicha mahsulotni xarid qilmoqchi ekanligini bahona qilgan holda sizga murojaat qilmoqda va to‘lovni qabul qilish maqsadida karta raqamingizni, uning amal qilish muddatini va boshqasini so‘ramoqda.
Yuborish Rad javobini berishClick the button to continue...
To‘lovni amalga oshirish uchun faqat karta raqami kerakligini unutmaslik muhim. Agarda sizdan qo‘shimcha ma’lumot so‘rashayotgan bo‘lishsa, firibgarlarga duch kelganingiz ehtimolligi katta.
Next taskClick the button to continue...
Soat 13:00. O‘rtog‘ingiz sizga PAYME’dan SMS yubordi. Uning tarkibi quyidagicha: KFC sizga 28 000.00 so‘m qiymatga hisobni chiqardi. To‘lovni amalga oshirish uchun havola orqali o‘ting https://checkout.paycom.uz/644fa2aa7d030cad8b20ffa7. Qanday ish tutasiz?
To‘lov qilish Rad javobini berishClick the button to continue...
Payme tizimidan har qanday rasmiy SMS to‘lov tizimining nomi to‘g‘ri yozilgan holda keladi. Havola orqali o‘tish va to‘lov qilish mumkin, biroq, u sizga bu haqida xabar berishni unutgan bo‘lsa, har ehtimolga qarshi do‘stingizdan aniqlab olganingiz ma’qul - kim bilsin, balki SMS ni tasodifan yuborgan bo‘lishi mumkin.
Unga yoqimli ishtaxa tilab qo‘ying!
Click the button to continue...
Siz saytda kir yuvish mashinasini sotish haqidagi e’lonni joylashtirdingiz. Sizga bir inson qo‘ng‘iroq qilib, e’longa qiziqishini bildirmoqda, lekin masofa uzoqligi sababli, pulni kartangizga o‘tkazishni taklif qiladi va sizdan mahsulotni kuryer olib ketishini aytadi. Undan keyin esa sizga kartaga mablag‘ o‘tkazilishi uchun havolani yuborib, unda sizdan karta raqamingizni, telefon raqamingizni, kartaning amal qilish muddatini kiritilishi so‘raladi.
Yuborish Rad javobini berishClick the button to continue...
Bu ma’lumotlarga ega bo‘larkan, firibgarlar to‘lov ilovasidagi sizning akkauntingizga kiradi va parolni bekor qiladi. Sizga sms-kod kelib, firibgarlar kartangizga pul o‘tkazilganligini tasdiqlash kerakligi bahonasi bilan bu kodni sizdan so‘raydi va uni berish natijasida siz ularning akkauntingizga kirishiga yo‘l qo‘yasiz. Aytib o‘tish kerakki, pul mablag‘larining boshqa moslamadan ilk o‘tkazilishida har doim sms-xabarnoma keladi, diqqat bilan tanishib chiqib, uni hech kimga aytmaslikni iltimos qilamiz.
Next taskClick the button to continue...
Siz onlayn-do‘konda krossovka xarid qilishga qaror qildingiz. Xaridni rasmiylashtirdingiz va sizning telefoningizga to‘lovni tasdiqlash uchun kod yuborilgan xabarnoma kelmoqda: “Kod…… 599.000 SUM…. Card2Card”
Kodni kiritish Rad javobini berishClick the button to continue...
Bu holat o‘yinda bo‘lmagan taqdirda sizni aldashlari mumkin edi. SMS’da bunday yozilgan: Card2Card. Bu degani, siz mahsulot uchun to‘layotganingiz yo‘q, kartaga pul o‘tkazyapsiz. Ularni olganidan so‘ng, firibgar shunchaki yo‘qolib qolishi mumkin, siz esa hech nimani qaytara olmaysiz!
ResultsClick the button to continue...
Link copied